SIFATLI TAʼLIM — U QANDAY BOʻLISHI KERAK?
YUNESKO tomonidan taqdim etilgan taʼrifga koʻra, sifatli taʼlim tegishli infratuzilma, jihozlar, zarur oʻquv qurollari, resurslar, moliyaviy koʻmak va malakali oʻqituvchilar mavjudligini ifodalaydi. Bunga qoʻshimcha tarzda, sifatli taʼlim quyidagi omillarni qamrab olishi kerak: Birinchidan, shaxslarni yaxlit rivojlantirishdan tashqari, ularni mustaqil fikrlash qobiliyati hamda global dunyoga moslashish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar bilan taʼminlashi lozim. Boisi sifatli taʼlimning…