Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • Oʻzbek
  • Русский
  • English
O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

AKADEMIK TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI

Posted on Dekabr 29, 2023 By admin AKADEMIK TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI ga fikr bildirilmagan.

Mamlakatimiz oliy taʼlimini isloh qilish masalasida koʻplab ishlar qilinmoqda. Shu jumladan, biz dunyo standartlari darajasida taʼlim beradigan mutaxassis tayyorlay oladigan, ilmiy tadqiqot faoliyati nuqtayi nazaridan dunyoning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari bilan raqobatlashish imkoniyatiga ega oliygohlarni yaratmoqchimiz. Ayni shu yoʻldagi muhim qadamlardan biri — bu oliy taʼlim muassasalariga akademik hamda moliyaviy mustaqillik berilganligi, ularning oʻz ilmiy ishlanmalari, innovatsiya hamda texnologiyalarini tijoratlashtirish orqali daromad topishga imkoniyat yaratilganligidir. Ammo uzoq yillar davomida davlat tomonidan moliyalashtirilgan, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida amaliy tajribaga ega boʻlmagan koʻplab oliy taʼlim muassasalarida bu masalada muayyan muammolar yuzaga kelmoqda.

Garchi rivojlangan mamlakatlarda ilmni tijoratlashtirish allaqachon odatga aylangan, bugungi kunda akademik olimlar orasida tadbirkorlik oddiy holatga aylanib qolgan boʻlsa-da [7], ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida tajribalarni endi oʻzlashtirayotgan mamlakatimiz universitetlari uchun bu fenomen yangilik maqomidadir.

Akademik tadbirkorlik tushunchasining paydo boʻlishi va uning real amaliyotdagi ifodalari soʻnggi oʻn yillarda fan va tadqiqotlardagi oʻzgarishlar bilan birga kechmoqda [4]. Shuningdek, iqtisodiyot va jamiyatning turli sohalari oʻrtasidagi aloqadorlik tobora kengayib borayotgani hamda anʼanaviy universitetlarning tadbirkorlik universitetlariga aylanayotganligi akademik tijoratni qoʻllovchi hodisalar sifatida eʼtirof etilmoqda.

Shu kungacha ilmiy nazariyalarda “akademik tadbirkor” yoki “akademik tadbirkorlik” tushunchalari turli xil izohlangan. Anʼanaviy nuqtayi nazardan “akademik tadbirkorlik” tushunchasi “universitet spin-offi[1]”, boshqacha qilib aytganda, tadqiqotlar, rivojlanish yoki texnologiyalarning innovatsiyalar ishlab chiqishi yoxud korxonalar yaratishi, institutsional oʻzgarishlarga olib kelishini bildiradi [5]. G.D.Beckman va R.A.Cherwitz akademik tadbirkorlikni universitetlar yangi mahsulotlar yoki gʻoyalarni yaratishi uchun mahalliy jamoatchilik (ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish) bilan hamkorlik qilishi koʻzda tutilgan “intellektual korxona” sifatida taʼriflashadi [1]. Bilimlarni ishlab chiqarish bilan bogʻlashga alohida eʼtibor qaratilgani bois “akademik tadbirkorlik” tushunchasi “akademik firma” atamasiga yaqinroq hisoblanadi [2]. Bu akademik tadbirkorni bir vaqtning oʻzida intellektual aktyor (=tadqiqotchi olim) va tadbirkor aktyor (=firma) sifatida faoliyat yuritishini nazarda tutadi.

 

Akademik tadbirkor kim?

Akademik tadbirkor ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadigan va ayni vaqtda tadbirkorlik faoliyatini yuritadigan aktyor (harakat egasi, bajaruvchisi) kasbiy profili sifatida taʼriflanadi. Olim akademik taʼlim, ilmiy faoliyati asosidagi tadbirkorlik tafakkuri va faoliyati bilan birlashgan ilmiy aloqalar tarmogʻiga tayanib, akademik tadbirkor sifatida harakatlanadi, oʻz-oʻzini band qilgan holda, foyda, maosh va daromad yaratadi. Zamonaviy bozorga yoʻnalgan jamiyatda akademik tadbirkor jamiyatning bilimga yoʻnalgan dunyosi va innovatsiyalarga qaratilgan tijorat dunyosi oʻrtasidagi bogʻlam vazifasini oʻtaydi.

Akademik tadbirkor uchun muqarrar aktivlar — uning kreativligi, gʻoyalarning boyligi, tadqiqotchilik ishtiyoqi va ilmiy yoʻnalishi doirasidagi, shuningdek, fanlararo aloqalaridir. Bu zamonaviy tilda qisqa qilib “nou-xau” deyiladi. Akademik tadbirkor tomonidan qoʻshilgan qiymat akademik bilimlar (patentlar, gʻoyalar, texnologiyalar, aql markazlari va boshqalar)dan turli sohalar (biznes va sanoat; hukumat va siyosat; media va jamiyat; atrof-muhit; universitet, fan va tadqiqotlar)ga tegishli mijozlar foydalanishi orqali yaratiladi. Akademik tadbirkorning muvaffaqiyati tobora koʻproq raqamlashayotgan dunyoda va globallashuv rivoji davrida jamiyatlardagi oʻzgarishlar oqibatida innovatsion yechimlarni izlash bilan birga kechadi.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, akademik tadbirkor XXI asrda universitetlar modernizatsiyasi, fandagi va bozorga yoʻnalgan jamiyatlardagi transformatsiyalar ramzi hisoblanadi. Akademik tadbirkor va anʼanaviy universitet oʻrtasidagi asosiy farq shundaki, akademik tadbirkor bilim va innovatsiyalarni yaratishda doimo tijorat daromadlari, oʻzlashma va foyda olishga qiziqadi.

Akademik tadbirkorlik nima?

 

Akademik tadbirkorlik atamasi akademik tadbirkorning tijorat faoliyati bilan shugʻullanishini anglatadi. Yaʼni u patent ishlanmalaridan, shuningdek, notijorat ishlari, masalan, tadqiqot natijalarini ilmiy nashr qilishdan daromad oladi. Akademik tadbirkorlik bilimlarni ishlab chiqarish va jamiyat yoki xususiy korxonalardagi ilmiy yangiliklar va nou-xaularga nisbatan talab oʻrtasida joylashadi. Koʻpchilik holatlarda akademik tadbirkorlik universitetlarda allaqachon yaratilgan yoki hali ham tadqiqot olib borilayotgan yangi gʻoyalar, ishlanma va kooperatsiyalar kontekstida spin-off yoki startaplar deb nomlanadi. Ushbu spin-offlar yoki startaplar universitetlarning soʻnggi 30-40 yil ichida fan va tadqiqotlarda roʻy bergan oʻzgarishlarga amaldagi javobi hisoblanadi. Shu sababli akademik tadbirkorlik yoki spin-offlarni boshlash zamirida akademik dunyo va xususiy korxonalar dunyosi oʻrtasida zarur aloqani oʻrnatish va shu orqali jamiyatning yangi mahsulot, xizmat va gʻoyalarga boʻlgan talabini qondirish maqsadi yotadi.

Akademik tadbirkorlik asosan universitetlar tomonidan tashkil etiladigan spin-off yoki startaplar sifatida, universitetlararo yoxud universitet bitiruvchilari orasida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar, shuningdek, patentlar asosidagi hamkorlik shaklida amalga oshadi.

Xususiy korxonalar, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari yoki davlat sektorining (masalan, hukumatning) akademik qatlam tomonidangina taqdim etilishi mumkin boʻlgan yangi bilim va nou-xaularga boʻlgan talab va ehtiyoji orta borishi tobora koʻproq akademik tadbirkorlik yoki spin-offlarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Shu munosabat bilan C.Sheyn akademik tadbirkorlik spin-offlarining beshta afzalligini koʻrsatib oʻtadi:

1) iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantiradi;

2) universitet texnologiyalarini tijoratlashtirishni kuchaytiradi;

3) spin-offlar universitetlarga oʻz missiyasi bilan yordam beradi;

4) spin-offlar yuqori potensialga ega kompaniyalar hisoblanadi;

5) spin-offlarni yaratish tashkil etilgan kompaniyalarni litsenziyalashdan koʻra foydaliroq. [5]

Junfu Chjan tomonidan oʻtkazilgan AQSHdagi akademik tadbirkorlar borasidagi tadqiqotda aksariyat hollarda akademik tadbirkorlik yoki spin-offlar professorlar tomonidan boshlanib, tadqiqotchi olimlar, akademik direktorlar va rahbarlar tomonidan davom ettirilishi aniqlangan. Akademik tadbirkorlikni shakllantirishdagi ushbu tendensiya innovatsiyalar modellaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq.

 

Akademik tadbirkor boʻlishga nima motivatsiya beradi?

 

Tadqiqotchilar “tijoriy foyda keluvchi imkoniyatlarni aniqlash va ekspluatatsiya qilish” har qanday akademik tadbirkorlik boshlanmasi uchun hal qiluvchi omil hisoblanishini taʼkidlashadi [3, 2]. Mualliflar qoʻshimcha ravishda akademik tadbirkorlik “imkoniyatlari”ga taʼsir qiluvchi toʻrtta muhim omil mavjudligi borasida shunday xulosaga kelishgan:

1) foydalanuvchilar va tarmoq bilan hamkorlik, yaʼni tadqiqotchilar tegishli boʻlgan tarmoqlar turi ahamiyatga ega;

2) oldingi tadbirkorlik tajribasi, yaʼni tadbirkorlik faoliyatidagi oldingi tajriba akademik tadbirkorlik kelajagi uchun ahamiyat kasb etadi;

3) koʻplab bilim sohalarini birlashtirish, yaʼni faqatgina keng miqyosdagi ishlar, tadqiqotlar sohalari tashkillashtirilganda uzoq davom etadigan mustaqillik va barqaror natijalariga akademik tadbirkorlik bilan erishish mumkin;

4) “Ilmiylik ajoyiboti” jozibasi, yaʼni yosh universitet bitiruvchisi uchun akademik tadbirkorlik, startap barpo etish ilmiy zavqqa erishish (tadqiqot qilish, ilmiy daraja va unvonlarni qoʻlga kiritish)dan koʻra ancha qiyindir.

Har qanday holatda ham, tadbirkor sifatida ish yurita olish uchun ilm-fan va tadqiqotlarda yaxshi tanilganlik, tajriba muhimdir [3, 22-25].

Akademik tadbirkor kasbiy amaliyotda nimalar bilan shugʻullanadi va qaysi sohalarda ishlashi mumkin? Akademik tadbirkor asosiy eʼtiborni oʻz ixtisoslashuv sohasidagi fanlarga qaratadi. Ammo bunda mijozlar uchun eng yaxshi yechimlarni yaratishga qaratilgan harakatlar, izlanish va aloqalar oʻrnatish ham fanlararo sohalarga yoʻnaltirilishi zarur. Shuningdek, akademik tadbirkor quyidagi yoʻnalishlardan biriga mansub boʻlishi mumkin:

  1. “Hukumat/siyosat” uch yoqlama tarmoq sohasida ishlaydigan akademik tadbirkor universitetda siyosatshunos sifatida olib borilgan tadqiqot faoliyati natijasida olingan akademik bilim va nou-xaularni konsalting kompaniyasida maqsadli siyosiy maslahat taklif qilish orqali oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlash sifatida bozorga tatbiq etadi.

Qoʻllanish sohalari: siyosiy partiyalar saylov dasturini qoʻllab-quvvatlash, siyosiy partiya uchun kompaniya tashkil etish yoki yangi siyosiy birlashma yaratish uchun hukumat bilan maslahatlashishdir.

  1. “Biznes/sanoat” uch yoqlama sohasida ishlaydigan akademik tadbirkor xususiy korxonalar strategiyasini, yangi va innovatsion ishlab chiqarish, boshqarish usullarini ishlab chiqish uchun oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan maslahatchi sifatida ishlaydi.

Shu bilan birga, yangi topilmalar ixtisoslashtirilgan ilmiy jurnalda nashr etilishi yoki taklif qilingan universitetlarda maʼruzalar oʻqilishi mumkin.

  1. “Tabiiy muhit” uch yoqlama sohasida ishlayotgan akademik tadbirkor universitetlarda tabiiy fanlar tadqiqotchisi (natural scientist) sifatida ishlashi mumkin. Shuningdek, patentlar universitetda roʻyxatga olinishi va universitet hamda farmatsevtika korxonasi oʻrtasida hamkorlikda amalga tatbiq etilishi mumkin.
  2. “Media/jamiyat” uch yoqlama sohasida ishlaydigan akademik tadbirkor maqolalar yozadigan hamda bir nechta gazetalarda ishlaydigan oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlaydigan jurnalist boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, u darsliklar, ilmiy maqola va ixtisoslashtirilgan jurnallardagi nashrlar bilan fan rivojiga hissa qoʻsha oladi.
  3. “Universitet/fan/tadqiqot” uch yoqlama sohasida ishlaydigan akademik tadbirkor ilmiy xodim sifatida universitetning mijozlar uchun rivojlanishida strategik oʻzgarishlar qilish zarurati haqida maʼlumot yaratish maqsadida universitetdagi tadqiqotchilik sohasida yaratilgan akademik bilim va nou-xaularni tijoratlashtiradi (Misol uchun, bizda boʻlsa, fan olamida bashorat qilinayotgan va kutilayotgan oʻzgarishlar haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taklif va tavsiyalar berishi koʻzda tutiladi).

Ayni paytda AQSHdagi koʻplab akademik tadbirkorlik holatlari asosan quyidagi fan sohalarida uchraydi: injenerlik, tibbiyot fanlari, biologiya va ximiya.

J.Zhang tadqiqot natijalari, akademik tadbirkorlikni asosan xususiy korxonalar bilan anʼanaviy hamkorlik aloqalari uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlgan ilmiy fanlarda uchratish mumkinligini koʻrsatadi. Akademik yangiliklar yoki ishlanmalarga asoslangan tijorat korxonalari tashkil etilishi mumkin boʻlgan joylarda ham yangi korxonalarni uchratish mumkin. J.Zhang tadqiqotida qayd etilgan fanlardan tashqari, boshqalari ham akademik tadbirkorlar uchun imkoniyatlar va bozorlar taklif etadi. Shu bilan birga, akademik tadbirkorlikning alohida oʻziga xosligi shundaki, u universitetlar va akademik olimlar boshqa aktyorlar, masalan, “sof firmalar” takrorlay olmaydigan narsani taklif qila oladi.

 

Xulosa va tavsiyalar

 

Rivojlangan mamlakatlar ilmiy amaliyotida, ayta olamizki, akademik tadbirkorlik normal holatga aylanib borayotgani kuzatilmoqda. Hozirda koʻplab tadqiqotlar bir qancha fan sohalari boʻyicha akademik tadbirkorlarga talab ortishini, (xususan, gumanitar va ijtimoiy fanlarda) bashorat qiladi. Bunga sabab sifatida akademik tadbirkorlar oʻzlarining maxsus bilimlari va nou-xaulariga asoslanib, rivojlangan jamiyatlar uchun tobora koʻproq kutilayotgan inqirozlardan kelib chiqadigan ijtimoiy va siyosiy muammolarga yaxshiroq yechim topa olishlari mumkinligi koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston universitetlarida akademik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

  1. Yangi ilmiy bilimlar, ushbu bilimlarning tijoriy tatbiqida muvaffaqiyat ehtimoli yuqori boʻlgan tarmoq sohalar — aniq va tabiiy fan sohalari boʻyicha tadqiqotlar moliyalashtirilishi, tashkillashtirilishi uchun sharoitlar yaratilishi kerak.
  2. Akademik tadbirkorlik borasida tajribaga ega xorijlik olimlar (shu jumladan, xorijda faoliyat olib borayotgan, ayni tajribaga ega oʻzbekistonlik olimlar) bilan hamkorlik, tajriba almashish ishlarini tashkillashtirish zarur, chunki akademik tadbirkorlikda tajriba muhim ahamiyatga ega.
  3. Turli tarmoq sohalari boʻyicha olimlarni birlashtirgan “aql markazlari” yaratilishi va ushbu markazlarning ustuvor tijoriy maqsadlarni oʻrtaga tashlashlari uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Bunda tadqiqotchilarning turli fan, ixtisoslik boʻyicha mutaxassis boʻlishiga urgʻu berilishi maqsadga muvofiq.
  4. Olimlar va ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqalarni tashkillashtirish, qoʻllab-quvvatlash zarur. Chunki akademik tadbirkorlikda tarmoq bilan tanishlik, aloqalar (network) ahamiyatlidir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Beckman GD, Cherwitz RA. Intellectual entrepreneurship: an authentic foundation for higher education reform. Plan High Educ. 2009; 4: 27–36.
  2. Campbell DFJ, Güttel WH. Knowledge production of firms: research networks and the scientification of business R&D. Int J Technol Manag. 2005; 31(1/2): 152–1
  3. D’Este P, Mahdi S, Neely A. Academic entrepreneurship: what are the factors shaping the capacity of academic researchers to identify and exploit entrepreneurial opportunities? DRUID working paper no. 10-05, ISBN 978- 87-7873-287-3; 2005, p 1–34.
  4. Lacetera N. Academic entrepreneurship. Manage Decis Econ. 2009; 30: 443–4
  5. Shane S. Academic entrepreneurship: university spinoffs and wealth creation. New horizons in academic entrepreneurship. Northampton: Edward Elgar; 2004.
  6. Thorsten D. Barth and Schlegelmilch W. Academic Entrepreneur, Academic Entrepreneurship/ G. Carayannis (ed.), Encyclopedia of Creativity, Invention, Innovation and Entrepreneurship, https://doi.org/10.1007/978-3-319-15347-6/ Springer Nature. Switzerland. 2020.
  7. Zhang J. A study of academic entrepreneurs using venture capital data, discussion paper no. 2992, Aug 2007. Institute for the Study of Labor (IZA): Bonn; 2007, p 1–43.

Farhod NORBOYEV,

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

[1] Spin-off — ing. kattaroq loyiha natijasi, kelib chiquvchi mahsulot.

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 4-soni

Post menyusi

Previous Post: SIFATLI TAʼLIM JARAYONIDA HECH KIM EʼTIBORDAN CHETDA QOLMASLIGI KERAK
Next Post: TAʼLIM KLASTERLARI: MAZMUN-MOHIYATI, ZARURATI, SOHADA MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI HAL ETISH YOʻLLARI

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So‘nggi maqolalar

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Сўнгги мақолалар

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Arxivlar

  • Yanvar 2024
  • Dekabr 2023
  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Рукнлар

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga

Янги шархлар

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Iyun 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  
« Yan    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2025 O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ