Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • Oʻzbek
  • Русский
  • English
O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Posted on Dekabr 29, 2023 By admin TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI ga fikr bildirilmagan.

Turkiyada birinchi universitet — 1776-yilda ochilgan Mühendishane-i Bahr-i Hümâyun (Imperiyaning Dengiz muhandislik oʻquv yurti) universitetidir. Bugun kunda mavjud universitetlarning aksariyati tarixiy eski nomini oʻzgartirgan holda ishlayapti. Masalan, 1795-yilda ochilgan Mühendishane-i Berrî-i Hümâyun (Imperiya quruqlik muhandisligi bilim yurti) hozirda Istanbul texnika universiteti hisoblanadi. Turkiyadagi baʼzi universitetlarning nomi xorijliklarga qiziq tuyulishi mumkin. Masalan, 9 Sentyabr yoki 19 May universitetlari. Ular Turkiya davlatchiligi tarixidagi muhim kunlar sharafiga shunday nomlangan. Turkiyada eng koʻp universitet joylashgan shaharlar uchligiga Istanbul (60 ta), Anqara (22 ta) va Izmir (10 ta) kiradi.

Turkiyaning 9 universiteti 2022-yil dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida TOP–500 talikka kirgan. Bular Oʻrta Sharq Texnika universiteti, Hojitepa unversiteti, Istanbul universiteti, Istanbul texnika universiteti, Bilkent universiteti, Bogʻaziji universiteti, Koch universiteti, Sabanji universiteti va Chankaya universitetlaridir.

Zamonaviy Turkiyada universitetlarning umumiy soni 208 ta boʻlib, 129 tasi davlat va 75 tasi vaqf (biror xususiy tashkilot yoki shaxsga qarashli) universitetlaridir. Vaqf universitetini davlatnikidan ajratib koʻrsatadigan asosiy farq stipendiyali dasturlardan tashqari, oʻqish qisman yoki toʻliq toʻlov asosida boʻladi. Bu universitetlarga oʻqishga kirish shartlari litseydan keyin topshiriladigan universitetga qabul imtihonlari natijasidan kelib chiqadi.

Universitetlar oʻquv yiliga moʻljallangan dasturlarini avgust oyida eʼlon qiladi va talabalar har semestr oldidan universitet elektron tizimida oʻqishni boshlash yoki davom ettirish uchun qayddan oʻtishadi. Bunda majburiy darslardan tashqari, oʻzlari istagan fanlarni ham tanlab koʻrsatishadi. Shunga koʻra, har bir fakultet oʻziga xos oʻquv jadvalini shakllantiradi.

Turkiyada majburiy taʼlim 12 yil boʻlib, boshlangʻich, oʻrta maktab va litsey taʼlimidan iborat.

Maktabdan oldingi taʼlim xohishga koʻra 3-5 yoshdagi bolalarni qamrab oladi.

Boshlangʻich taʼlim 6-10 yashar bolalarning taʼlim-tarbiyasini anglatadi. Ushbu majburiy taʼlim bosqichi davlat maktablarida bepul hisoblanadi va 4 yil davom etadi.

Oʻrta taʼlim 10-14 yoshdagi bolalarning davlat maktablarida bepul shaklda taʼlim va tarbiya olishini anglatadi. Sakkizinchi sinf soʻngida oʻquvchilarga litseylar haqida maʼlumot beriladi.

Litsey 14-17 yoshdagi oʻquvchilarga 4 yil davomida taʼlim-tarbiya beradigan maskandir. Onadoʻli litseylari (umumtaʼlim), aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan litseylar mavjud. Bundan tashqari, diniy taʼlim beradigan imom xatib litseylari ham faoliyat olib boradi.

Oliy taʼlim uch bosqichli Bolonya tizimi asosida litsey bitiruvchilarini qabul qiladi.

Oliy taʼlim tashkilotlari turlari va akademik muassasalar

Turkiyadagi barcha oliy taʼlim muassasalari Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan boshqariladi.

Fakultet — bu oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar va nashr faoliyatlari amalga oshiriladigan muassasadir. Talabalar kamida 4 yildan soʻng fakultetdan bakalavr darajasini qoʻlga kiritishlari mumkin.

Institut — universitetlarda bakalavrdan soʻng taʼlim beradigan, ilmiy tadqiqot va nashr faoliyati bilan shugʻullanadigan muassasa hisoblanadi. U yerni bitirgan talabaga magistr yoki fan doktori darajasi beriladi.

Oliy maktab — muayyan bir kasbga yoʻnaltirilgan taʼlim muassasasi boʻlib, 8,5 yil davom etadi.

Konservatoriya — musiqa va sahna sanʼati mutaxassislari 8,5 yilda bitiradigan muassasa.

Bilim yurti — litseydan keyin 4,5 yil maʼlum kasblarga yoʻnaltirilgan kadrlarni tayyorlaydigan oʻquv tashkiloti.

Tadqiqot va amaliyot markazlari — oliy taʼlim tashkilotlarining muayyan yoʻnalishlarida amaliyot va baʼzi kasbiy tayyorgarlik, shuningdek, yordam faoliyatlari uchun oʻquv-taʼlim, amaliyot va tadqiqotlar amalga oshiriladigan tashkilotlar hisoblanadi.

Darajalar

Mutaxassislik diplomi (bakalavrdan oldingi, bizdagi texnikum diplomi kabi) bilim yurtlarida eng kami ikki yillik oʻquv dasturini tugatgach beriladi. Uning masofaviy oʻqish turlari ham mavjud.

Bakalavrlik darajasi 4 yillik darslarni bitirib, 240 kredit toʻplagandan keyin beriladi. Stomatologiya, Veterinariya va Farmatsevtika 5 yil, tibbiyot mutaxassislari esa 6 yil oʻqishadi.

Magistrlik darajasi ijtimoiy va aniq fanlar doirasida mavjud. Shuningdek, dissertatsiyali va dissertatsiyasiz magistrlik darajalari turlari ham farqlanadi. Dissertatsiya yoziladigan magistrlik darajasi 2 yil davomida 120 kredit toʻplanganda beriladi. Dissertatsiyasiz magistrlik darajasi esa 1,5 yil ichida eng kami 90 kredit bilan olinadi.

Doktorlik darajasi odatda 8,5 yillik dasturdir. 180-240 kreditlik darslar, malaka imtihoni, dissertatsiya asosnomasini taqdim etish va ogʻzaki dissertatsiya himoyasini oʻz ichiga oladi. Turkiyada doktorlik darajasi maʼlum mutaxassislik doirasida bir bosqichli sanaladi. Tibbiyot va sanʼat sohasidagi doktorlik darajasi ilmiy daraja sifatida fan doktorligiga tengdir.

Tibbiyot mutaxassisi darajasi doktorlik darajasiga teng boʻlib, tibbiyot fakultetlari, universitet kasalxonasi, oʻquv-tadqiqot tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi. Tibbiyot boʻyicha bitiruvchilar mazkur sohaning turli yoʻnalishlarida tanlov imtihonidan oʻtishadi. Nomzodlar dissertatsiya yoqlash barobarida, biror xorijiy tilni ham oʻrgangan boʻlishlari talab etiladi.

Sanʼatshunoslik doktori koʻrgazmali va sahna sanʼatlari yoʻnalishida eng kami 6,5 yillik magistrlik darajasi boʻlib, doktorlikka tenglashtirilgan. Original sanʼat asari yoki oliy, ijodiy ijro uchun beriladi.

Universitetlardagi akademik kadrlar

Universitet professor-oʻqituvchilari asosan oʻquv xodimi (ilmiy darajasi bor akademik kadrlar), oʻqituvchi va tadqiqotchilardan iboratdir.

Professor — eng yuksak akademik unvon sohibidir. Turkiyada professorlik unvoniga ega boʻlish uchun nomzod dotsentlik unvonini olgandan keyin 5 yil davomida universitetda ishlab, yangi nashrlar eʼlon qilgan boʻlish kerak.

Dotsent — universitet ilmiy kengashi tomonidan shu darajaga munosib topilgan akademik kadr. Magistrlik va doktorlik ilmiy darajasini ketma-ket davom ettirib yoqlagan kishi 6 yildan keyin dotsentlik ilmiy unvonini olishi mumkin.

Doktor — mutaxassislik boʻyicha doktorlik darajasini olgan kishi.

Oʻqituvchi — oliy taʼlim muassasasida dars oʻtadigan, amaliyot oʻtkazadigan pedagogik xodimdir.

Tadqiqotchi — oliy taʼlim muassasasida amalga oshiriladigan tadqiqot, tajribalarda yordam beradigan yoki boshqa vazifalarni bajaradigan shaxs.

 

Turkiyada oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirish shartlari qanday?

2018-yildan buyon oliygohga oʻqishga kirish imtihonlari tartibi takomillashtirildi. Turkiyada qabul imtihonlari uch bosqichdan iborat. Imtihonning birinchi bosqichi umumiy malaka testi deyiladi. Bunda abituriyentlar matematika va turk tilidan 40 tadan, umumiy 80 ta savolga javob berishlari kerak boʻladi. Bu test imtihoni natijasidan oʻqishga kira olmagan abituriyent kelasi yil ham foydalanishi mumkin. Ushbu imtihondan 150 ball toʻplagan talabgor istagan oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirish imkonini qoʻlga kiritadi. Bakalavriatga kirish uchun esa kamida 180 ballga ega boʻlishi lozim.

Ikkinchi bosqich bakalavr yoʻnalishi imtihoni boʻlib, unda turk tili va adabiyoti, geografiya, ijtimoiy fanlar, aniq fanlar va matematikaga oid yana 40 ta test savollariga javob berish kerak boʻladi. Bunda abituriyent oʻzi tanlagan yoʻnalishga koʻra 135 daqiqada 3 xil blok savollaridan birini tanlashi mumkin yoki bu uch blokning barchasini ishlashi mumkin. Gumanitar fanlar, aniq fanlar yoki teng taqsimlangan soha fanlari bloki abituriyentning kirish imtihonlaridan olgan natijalariga koʻra universitet tanlashida muhim ahamiyatga ega.

Universitetga kirish imtihonining uchinchi bosqichi chet tili imtihonidir. Imtihonlarga kirish uchun maʼlum miqdorda pul toʻlanadi. Abituriyent topshiradigan fanlar boʻyicha mavzular har yili oldindan eʼlon qilinadi.

Imtihonlardan soʻng toʻplangan ball asosida abituriyentlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha universitetlar tomonidan belgilangan kirish ballariga muvofiq mutaxassisliklarini tanlaydilar. Turkiyada eng yuqori ball toʻplagan abituriyent tibbiyot va yurisprudensiya sohalarida oʻqish imkonini qoʻlga kiritadi.

Davlat va vaqf universitetlarida muayyan bir talabalarga turli xil stipendiya berish joriy qilingan. Stipendiyalar toʻliq yoki qisman, aʼlochi yoki yordam tariqasida berilishi mumkin.

Oʻquv jarayoni

Koʻpgina universitetlarda oʻquv jarayoni yuzma-yuzdan tashqari, onlayn shaklda ham tashkil qilingan. Koʻproq iqtisod, piar, televizion dasturlar, boshqaruv, qariya va kasallar parvarishi, siyosat kabi sohalarni baʼzi universitetlar 4 yil toʻla onlayn tarzda oʻqitadi. Turkiya oliy taʼlimining yana bir oʻziga xosligi — bakalavr talabasiga bir vaqtning oʻzida ikki mutaxassislikka oʻqish imkonini berishidir. 4-6 yillik bakalavriat talabasi 3-semestrdan boshqa mutaxassislikka ham oʻqishi uchun hujjat topshirishi mumkin. Bunda birinchi mutaxassislik boʻyicha darslardan yuqori ball olgan boʻlishi shart.

Turkiyada magistraturaga qanday qabul qilinadi?

Bakalavriatdan keyingi taʼlim universitetlar qoshidagi institutlarda amalga oshiriladi. Turkiyada magistratura dissertatsiya yozish va yozmaslik shartiga koʻra ikkiga boʻlinadi. Akademik karyera yaratishni istaganlar dissertatsiya yozadigan dasturni tanlashadi. Oʻz sohasida martaba va unvonlarga intilganlar esa dissertatsiyasiz magistratura yoʻnalishiga kirib oʻqishlari mumkin. Oʻqish muddati — 2-yil. Dissertatsiyali magistraturaga Akademik personal va bakalavrdan yuqori darajaga oʻqishga kirish imtihonidan toʻplagan ballga koʻra qabul qilinadi.

Turkiyada doktorantura

Turkiyada doktoranturaga magistratura yoki bakalavrdan keyingi taʼlim boshqarmasi qaroriga koʻra, bakalavriat talabalari ham topshirishi mumkin. Doktoranturaga kirish uchun Akademik personal va bakalavrdan yuqori darajaga oʻqishga kirish imtihoni hamda til imtihonidan tashqari, institutlarning oʻz ichki tartibiga koʻra, qoʻshimcha kirish shartlari asosida qabul qilinadi. Magistrlar uchun doktorantura eng kami 7 fan, malaka imtihoni, dissertatsiya asosnomasi va dissertatsiya himoyasi uchun ajratiladigan eng uzogʻi 8,5 yillik oʻqishni tashkil qiladi. Bakalavr talabalar uchun esa bu 10,5 yilgacha choʻzilishi mumkin. Doktoranturani bitirgan kishilarga doktorantura diplomi va “Doktor” unvoni beriladi. Xalqaro standartlarda u PhD akademik unvoniga teng hisoblanadi.

Turkiyada xorijiy talabalar taʼlimi

2021-yil holatiga koʻra, Turkiyada 224 048 nafar xorijlik talaba universitetlarda tahsil oladi. Ularning Turkiyada oʻqishlari uchun bir nechta stipendiyali oʻquv dasturlari ham mavjud. Suriya, Ozarbayjon va Turkmanistonlik talabalar soni Turkiyadagi eng koʻp xorijiy talabalar uchligini tashkil qiladi.

Studyinturkeye.gov.tr elektron adresi orqali chet ellik talabalar Turkiyada oliy taʼlim olish imkonini beruvchi dastur, grantlar haqida atroflicha maʼlumot olishlari mumkin. Xalqaro darajada oʻtkaziladigan GCE, SAT, ACT va boshqa) imtihonlar, Suriya, Liviya, Marokash, Falastin va Xitoy universitetlarining kirish imtihonlari yoxud xorijiy talabalar uchun imtihonda yetarli ball toʻplagan abituriyentlar Turkiya universitetlariga oʻqishga qabul qilinadi. Xorijiy talabalar uchun imtihon (YÖS — Yabancı uyruklu öğrenci sınavı) ikki bosqichda: mantiq va turk tili boʻyicha oʻtkaziladi. Turk tilini bilmagan abituriyentlar universitetlar qoshidagi turk tili markazlarida bir yil davomida mazkur tilni oʻrganishadi.

Turkiyada xorijlik talabalarning stipendiyali va grant asosida bakalavriat, magistratura hamda doktoranturada oʻqishlari uchun Yurtdışı Türkler ve Akraba Topluluklar Başkanlığı (Xorijiy turklar va qardosh jamiyatlar vazirligi) tomonidan oʻqitiladi. Bir yilda 5 000 nafar talaba Turkiyadagi turli universitetlarga qabul qilinadi. Ushbu grant universitetlarda bepul oʻqish, oylik stipendiya, sogʻliq sugʻurtasi, turkcha til kursi, turarjoy, samolyot bileti kabi xarajatlarni qoplaydi. Bu imtiyozni qoʻlga kiritish uchun har yili 10-yanvar–20-fevral oraligʻida turkiyeburslari.gov.tr elektron adresi orqali bepul hujjat topshirish mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Başar E. Türk Yükseköğretim Sisteminin Dünü, Bugünü, Yarını. On Dokuz Mayıs Üniversitesi Dergisi, 1997
  2. Enterpınar A. Türkiye’de Yükseköğretime Genel Bir Bakış. Türkiye’nin Yüksek Öğretim Startejisi yayını, 2007.
  3. Yücer R. Türkiye’de Eğitim ve Kültür Faaliyetleri. Necmetdin Erbakan Üniversitesi, Yayımlanmamış Doktora Tezi, 2023.
  4. studyinturkiye.gov.tr
  5. turkiyeburslari.gov.tr
  6. ytb.gov.tr
  7. yükseköğretim.gov.tr

 

Dilnoza UMAROVA,

Turkiyaning Selchuk universiteti tadqiqotchisi

 

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 4-soni, XORIJDA OLIY TAʼLIM

Post menyusi

Previous Post: YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?
Next Post: PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So‘nggi maqolalar

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Сўнгги мақолалар

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Arxivlar

  • Yanvar 2024
  • Dekabr 2023
  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Рукнлар

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga

Янги шархлар

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Dekabr 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
« Yan    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2025 O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ