Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • Oʻzbek
  • Русский
  • English
O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

1. Bahodirjon Shermuhammadov. ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR BILAN KELAJAK SARI

Posted on Oktabr 4, 2023Noyabr 6, 2023 By admin 1. Bahodirjon Shermuhammadov. ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR BILAN KELAJAK SARI ga fikr bildirilmagan.
Bahodirjon SHERMUHAMMADOV,
Fargʻona davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor

Oʻzbekiston iqtisodiyoti va aholi oʻsishi bilan elektr isteʼmoliga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda. Soʻnggi besh yilda mamlakatimizda xonadonlar 1 million 260 mingtaga ortdi va korxonalar soni 260 mingtaga koʻpaydi, bu esa elektr energiyasiga boʻlgan talabni 35 foizga oshirdi. Bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari ham elektr energiyasi sarfi boʻyicha muqobil energiya manbalari afzalliklariga tayanmoqda. Chunki zamonaviy, ekologik toza energiyadan foydalanish mamlakatga hartomonlama qulaylik yaratadi.

Xorij tajribasi

Masalan, Kosta-Rika oʻz energiyasining 98 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqaradi. Bu jarayonda gidro, geotermal, shamol, biomassa va quyosh energiyasidan foydalaniladi. Shotlandiyada elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning 97 foizdan ortigʻi qayta tiklanadigan manbalarga toʻgʻri keladi. Germaniyada esa qayta tiklanadigan manbalar 2035-yilda 100 foizga yetishi kutilmoqda. Xitoy shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Pekin 2025-yilga borib energiyaning uchdan bir qismini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Qayd etish kerakki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari — hali toʻla foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlardan biridir. Bu yoʻnalishning rivojlanishi esa oʻziga xos tajriba va katta xarajat talab qiladi. Lekin bu kelajakda tabiiy gaz va neft tanqisligini hal qilsa, isteʼmolchilar uchun esa sarf-xarajatlarni kamida 2 barobarga tushirsa, oʻzini oqlaydi. Masalan, agar 150 mingta xonadonga quyosh panellari va suv isitish tizimlari oʻrnatilsa, yiliga 319 million kub metr tabiiy gazni tejasa boʻladi.

Oʻzbekistondagi vaziyat tahlili

Oʻzbekistonda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish zaruriyati haqida aytib oʻtadigan boʻlsak, sanoatning oʻsishi, respublikaning iqtisodiy rivojlanishi va oʻsib borayotgan aholi farovonligini taʼminlashni energiya taʼminotisiz amalga oshirib boʻlmasligini har birimiz tushunib yetmoqdamiz. Chunki iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholini, shuningdek, sanoatni bozor munosabatlariga oʻtkazish, eskirgan infratuzilmani yangilash, respublikamizda isteʼmolchilarning energiya resurslariga nisbatan oʻsib borayotgan talabini qondirish choralari muqobil energiyadan foydalanish istiqbollarida oydinlashmoqda.

Tabiiyki, yurtimizda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari juda katta. Oʻzbekistonda yilning asosiy qismi (300 kun) quyoshlidir. Ekspertlarning fikriga koʻra, uning quvvati 50 trillion 973 million tonna shartli yoqilgʻiga teng boʻlib, mamlakatimizda aniqlangan jami energiya zaxiralariga nisbatan ancha koʻpdir. Qolaversa, yurtimiz tabiiy sharoiti quyosh va shamol energetikasidan birgalikda foydalanish uchun ham qulaydir. Ayniqsa, mamlakatimizda kichik turdagi muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yetarli.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning “2017–2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qarori asosida soʻnggi yillarda ushbu tizim taraqqiyoti yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, iqtisodiyotning energiya va resurs sigʻimi qisqartirilishi, ishlab chiqarishga energiyani tejovchi texnologiyalarning joriy qilinishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning kengayishi, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarning, shuningdek, sinovdan oʻtgan ilgʻor xorijiy texnologiyalarning transfer qilinishi xalqimiz uchun muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Ayniqsa, aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu esa oliy taʼlim muassasalari uchun ham gʻoyat manfaatli hujjat boʻldi.

Jumladan, mazkur Farmon ijrosi doirasida oʻtgan 2022-yil oxirida 53 ta taʼlim muassasasida 3372 kv quvvat beruvchi quyosh paneli oʻrnatildi. Shu davr hisobida esa 55 ta oliy taʼlim maskanida 61 000 litr quyosh suv isitish qurilmasidan foydalanilmoqda va 34 ta oliygohda 1585 dona quyosh paneli orqali quvvatlanadigan tashqi yoritish chiroqlari oʻrnatilgan. Binobarin, oʻtgan yili oliy taʼlim muassasalarining elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojining kamida 30% ga qisqarishiga erishilgan.

Qayd etish joizki, Davlat rahbari tashabbusi bilan barcha davlat oliy taʼlim muassasalarida muqobil energiya manbalarini joriy etish choralari koʻrilmoqda. Xususan, Fargʻona davlat universitetida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllash boʻyicha amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Albatta, taraqqiyotni yashil texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Universitet oʻquv binolariga oʻrnatilgan quyosh panellari ham taʼlim dargohining elektr energiyaga boʻlgan ichki ehtiyojini qoplamoqda.

Joriy yilda universitetga 1408 kVtli quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlsa, hozirda 613 kVtli muqobil energiya manbalari oʻrnatildi. Natijada, jami 177 720 kVt elektr energiyasi ishlab chiqildi. Aytish kerakki, bu orqali oliygohning elektr energiya toʻlovidan 142 mln. 176 ming soʻmlik mablagʻi iqtisod qilindi. Hozirda axborot-resurs markazi, talabalar turarjoylari, Pedagogika-psixologiya, Harbiy taʼlim, Tarix, Tabiiy fanlar, Chet tillari, Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari oʻquv binosiga oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, oliygoh hududidagi tashqi yoritish chiroqlaridan jamoa hamda talaba yoshlar unumli foydalanmoqda. Ayni kunlarda esa boshqa oʻquv binolarini quyosh fotoelektr stansiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, noanʼanaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini yanada kengaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish yer osti boyliklari zaxiralarini tejash barobarida ekologiyaga chiqarilayotgan zararli gazlarning miqdorini kamaytiradi. Xususan, dunyo mamlakatlari ham iqtisodiyotning turli sohalarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishga katta eʼtibor qaratmoqda.

Natijada, ilm-fanning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanalgan fizika va texnika sohasiga boʻlgan eʼtibor yanada ortdi. Shuningdek, tabiiy yoqilgʻi mahsulotlar narxining doimiy oʻsishi tufayli odamlarda koʻproq muqobil energiya manbalarini qoʻllashga ehtiyoj sezildi. Bugun energiyaga boʻlgan ehtiyojlarning katta qismi atom va issiqlik elektr stansiyalari tomonidan qoplanmoqda. Atom elektr stansiyalari elektr energiyasidan tashqari, radioaktiv chiqindilar yigʻindisini ham ishlab chiqaradi. Issiqlik elektr stansiyalari tomonidan isteʼmol qilinadigan qazilma energiya resurslariga kelsak, birinchidan, ularning zaxiralari cheklangan, ikkinchidan, koʻmir, tabiiy gaz va neft mahsulotlarining yonishi atrof-muhitga zarar yetkazadi, global isish jarayoni ehtimolini oshiradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, “muqobil energiya” tushunchasi quyidagi asosiy komponentlarni oʻz ichiga oladi:

Qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) — quyosh, shamol, geotermal, gidravlik, biomassa, yerning past darajadagi issiqligi, suv, havo energiyalari;

Ikkilamchi qayta tiklanadigan energiya manbalari — qattiq maishiy chiqindilar, sanoat va maishiy issiqlik oqimi chiqindilari, ventilyatsiya tizimining issiqlik va gaz oqimi energiyalari;

Qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning noanʼanaviy texnologiyalari — vodorod energiyasi, mikrokoʻmir, kichik oʻlchamli turbinalar, gazlashtirish va piroliz, qazib olinadigan yoqilgʻilarni yoqish va qayta ishlashning katalitik usullari, sintetik yoqilgʻi va boshqalardir.

Taʼkidlash kerakki, Fargʻona davlat universitetida ham “Yashil energiya” shiori ostida quyosh, shamol energiyasi, suvning kinetik energiyasi, biogaz, vodorod energiyasi, termoelektrik materialar olish texnologiyasini yaratish, ular asosida termogeneratorlar va termoxolodilniklar, izotop materiallar asosidagi termogeneratorlar, nanotexnologiya asosida quyosh elementlarini yaratish va natijalarni amaliyotga joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Bunda “Yashil energiya”ga boʻlgan talabni toʻliq qondirish, muqobil energiya manba qurilmalaridan oqilona foydalanish, universitetda quvvatni tejash maqsadida aqlli universitet zonasini hosil qilish koʻzlangan.

Shu bois universitetning bir guruh fizik olimlari, professor-oʻqituvchilari va yosh ilmiy tadqiqotchilari quyosh energiyasi, noanʼanaviy energetika resurslaridan samarali foydalanish borasida tadqiqotlar oʻtkazmoqda. Jumladan, qiymati 450 mln. soʻmlik “Baliq hovuzlaridagi hosildorlikni 3-4 marta oshirish uchun quyosh energiyasi asosidagi avtonom-aerator” nomli innovatsion loyiha, “Radioizotop termogenerator tok manbalari”, “Yupqa pardali termogeneratorlar” “Quyosh batareyalariga moslashgan termo oʻzgartirishlar uchun yarim oʻtkazgichli termomateriallarni olish texnologiyasini yaratish” boʻyicha qiymati 100 mln. soʻmga teng boʻlgan amaliy loyiha, “Muqobil energiyadan foydalanib, infraqizil nurli quritish uskunalarini takomillashtirish” mavzusidagi izlanishlar olib borilmoqda.

Maqsad esa aniq — innovatsion taraqqiyot bilan qadamma-qadam borib, mamlakatimizda energiya isteʼmoli sohasida aholiga qulaylik yaratish, quyosh energiyasidan foydalanish borasida yangi imkoniyatlarni kashf etish, muqobil energiya ilmini yoshlarga chuqur oʻrgatish hamda tejamkorlik bobida kelajak avlodga ibrat koʻrsatishdir.

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 3-soni

Post menyusi

Previous Post: 2. Bahodir Ayupov. KELAJAK TAʼLIMI — IT TAʼLIM.
Next Post: TALABA NEGA OʻQIMAYAPTI?

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So‘nggi maqolalar

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Сўнгги мақолалар

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Arxivlar

  • Yanvar 2024
  • Dekabr 2023
  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Рукнлар

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga

Янги шархлар

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Iyul 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
« Yan    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2025 O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ