Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • Oʻzbek
  • Русский
  • English
O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

4. Shahnoza Xolmaxamatova. TAʼLIM SIFATLI BOʻLSA, JAMIYAT RIVOJLANADI

Posted on Oktabr 4, 2023Noyabr 6, 2023 By admin 4. Shahnoza Xolmaxamatova. TAʼLIM SIFATLI BOʻLSA, JAMIYAT RIVOJLANADI ga fikr bildirilmagan.

Shahnoza XOLMAXAMATOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Sohalarda boʻy koʻrsatayotgan islohotlar samarasi nima bilan oʻlchanadi? Albatta, uning oddiy inson hayotidagi aksi bilan. Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning Hukumat tomonidan ijro etilishi, insonlar hayotiga tatbiq etilishi deputatlar tomonidan nazorat qilinadi. Deputatlar xalq ichiga kirib, ularning orzu-istaklari, turmush darajasi, quvonch-u tashvishlari bilan doimiy tanishib, aholi farovonligi yoʻlida harakat qiladi. Oʻz navbatida, jamiyat aʼzolarini qiynayotgan masalalarni masʼullarga yetkazishda faollik koʻrsatadi. Mazkur teoremaning amaldagi harakatini baholash uchun jamoamiz bilan “Xalq vakili” uchun minbar berdik.

Minbarda esa, albatta, oliy taʼlim subyektlariga daxldor masalalar muhokama qilinadi. Bu sonimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Shahnoza Xolmaxamatova bilan oliy taʼlim ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasi masalasi yuzasidan suhbatlashdik.

— Bugun oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning oʻziga xosligi nimada? Uning negizida oliy taʼlim isteʼmolchilari, xususan, talabalarning ijtimoiy himoyasi masalasiga qay darajada eʼtibor qaratilmoqda?

— Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalarda jadal oʻzgarishlar roʻy bermoqda va bu bevosita fuqarolar hayotida oʻz aksini topmoqda. Shu jumladan, oliy taʼlim tizimida ham anʼanaviy oʻqitish tizimidan voz kechilib, xorij tajribasi tahlil qilinmoqda hamda yangiliklar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Bu, albatta, oliy taʼlim tizimida sifatli taʼlim berish, taʼlimda samaradorlikka erishishga xizmat qilmoqda. Yangi tahrirda xalqimiz irodasi bilan qabul qilingan Konstitutsiyamizda oliy taʼlimga alohida norma ajratildi. Chunonchi, 51-moddada fuqarolar oliy taʼlim olish huquqiga ega ekanligi, oliy taʼlim muassasalari qonunda belgilangan tartibda mustaqil faoliyat yuritishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.

Dunyo jadal surʼatda rivojlanmoqda. Unga mos harakatlanish uchun esa biz barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashimiz kerak. Kadrlarni oliy taʼlim muassasalari tayyorlaydi. Shu bois taʼlim tashkilotlariga taʼlim sifatli boʻlishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish masalasiga hukumatimiz alohida eʼtibor qaratmoqda. Oliy taʼlimga qamrov 8 foizdan 38 foizga oshirilishi, moliyaviy mustaqillik berilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qiz farzandlariga qariyb ikki mingta kvota, imtiyozli taʼlim kreditlari ajratilishi, magistraturada oʻqiyotgan qizlarimizning shartnoma pullari toʻlab berilishi, talabalar turarjoylari bilan bogʻliq masalalarda davlatning ustuvor vazifalarni belgilashi, kirish imtihonlarida shaffoflikning taʼminlanishi, bir vaqtning oʻzida bir nechta universitetga hujjat topshirish imkoniyatining yaratilishi, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi, dunyoning nufuzli oliygohlari filiallari faoliyati tashkil etilganligi — bularning barchasi islohotlarning natijasi desak, adashmaymiz. Yana bir buyuk qadam — oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida korrupsion holatlarga deyarli chek qoʻyilgani boʻldi. Bugun bilimi bor yoshlar talaba boʻlmoqda. Chekka qishloqlarda har ikkita oiladan bittasida talaba bor. Hech boʻlmasa, xususiy universitetlarda oʻqishni davom ettirishyapti.

— Islohotlarning qamrovi keng. Imkoniyat va imtiyozlar ham kam emas. Ammo bular qay darajada sifatli taʼlimni kafolatlaydi? Aslida, sifatli taʼlimni belgilab beruvchi asosiy mezon nima?

— Buning uchun taʼlim berishdan maqsad nima, degan savolga javob topishimiz kerak. Maqsad — taʼlim oluvchiga maʼlum bir fan, soha yoxud yoʻnalish boʻyicha yetarli bilim va koʻnikma berish. Demak, mana shu savol atrofida taʼlimni tashkil etish kerak. Davomat masalasiga eʼtibor qaratish, son uchun kurashish emas, sifatga ahamiyat berish lozim.

Deylik, har bir semestr yakunida fanlardan imtihonlar boʻlib oʻtadi. Mana shu jarayonda talaba belgilangan bilimga ega boʻldimi-yoʻqmi degan savolga javob olish mumkin. Talabaga erkinlik berilishi, imkoniyat yaratilishi kerakki, u semestr davomida mustaqil oʻrgansin, izlansin. Istasa maʼruzaga kelib, istamasa mustaqil oʻrgansin. Ammo imtihonda shaffoflik taʼminlanib, bilim xolis baholansin. Oʻqishga kirish emas, balki baho olish, diplomli boʻlish mashaqqatli jarayon boʻlsa, taʼlim oluvchi oʻz ustida ishlaydi, sohasini chuqur oʻrganadi. Oliy taʼlimda tarbiyaviy masalaga eʼtibor berish, oʻqituvchilarni darsdan tashqari holatda tarbiyaviy vazifa bilan shugʻullanishi holatlari kuzatilyapti. Bu oʻqituvchining asosiy vazifasidan chalgʻitishi mumkin. Natijada taʼlim sifati masalasi yana savol ostida qoladi.

Jamiyat aʼzolarida 3-4 yilni amallab oʻtkazib, diplom olishim kerak degan fikrni emas, bilimga intilish, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlish maqsadini shakllantirishimiz shart.

Bizda ikkinchi mutaxassislikka oʻqishga topshiruvchilar soni koʻp. Nega? Chunki birinchi universitetga topshirishda men qaysi sohani egallayman degan oʻy emas, balki institutga kirsam boʻldi qabilidagi fikr birlamchi boʻladi. Yaʼni qaysi universitet, qaysi yoʻnalishga kirishidan qatʼi nazar, diplomli boʻlsa, hayotida katta missiyani bajaradigandek. Ammo bir haqiqat borki, faqat oʻz sohasini yaxshi bilgan kadrgina mehnat bozorida talabgir boʻladi, iqtisodiy farovon yashaydi.

Yaxshi kadr, avvalo, oʻzini anglagan inson. U men kim boʻlmoqchiman degan savolga asosli javob topishi, shu asosda oliy taʼlim muassasasidagi biron yoʻnalishni tanlashi lozim. Afsuski, bizda odatda ota-ona, tanishlarning maslahatiga koʻra, kirish ballari past boʻlgan yoki kam sonli abituriyentlar hujjat topshirgan taʼlim muassasalari tanlanadi. Oʻqish davomida esa bu soha uniki emasligini tushunib yetadi, keyin boshqa yoʻnalishlarga oʻtishga harakat qiladi. Alaloqibat resurs, vaqt isrof boʻladi.

Fikrimcha, bu kabi holatlar aholida taʼlim madaniyati toʻla shakllanmaganligi bilan bevosita bogʻliq boʻlsa kerak. Sifatli taʼlim esa oliy taʼlim ishtirokchilarining talabi va taklifi asosida shakllanadi.

— Qonun ijodkori sifatida ayting-chi, bugun taʼlim subyektlari huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasini taʼminlash boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish doirasida biron yangilik qilinyaptimi?

— Konstitutsiyamizning birinchi moddasidayoq ijtimoiy davlat degan tushunchani asosiy qonun darajasida mustahkamladik. Davlatni fuqarolar oldidagi majburiyatlari 3 karraga, fuqarolarimizning huquqlari esa 3 hissasiga koʻpaydi. Shu maʼnoda, davlat barcha sohalar kabi oliy taʼlim isteʼmolchilarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, bu borada keng qamrovli ishlarni amalga oshirish vazifasini oldiga qoʻydi. “Yangi Oʻzbekiston — 2030” strategik loyihasida ham oliy taʼlim tizimi oldiga katta vazifalar qoʻyilgani fikrimni dalillaydi. Jumladan, unda TOP-1000 talikka kirgan xorij oliy taʼlim muassasalari bilan kamida 50 ta qoʻshma dastur qabul qilish, ikki diplomli tizimni joriy etish, YAIMga nisbatan ilm-fanga ajratiladigan qiymatni 2 foizga yetkazish, taʼlim oluvchilar va beruvchilar ijtimoiy hayotini yaxshilash bilan bogʻliq muhim masalalar oʻrin olgan. 150 ming oʻrinli oʻquv binosi, 102 ming oʻrinli talabalar turarjoylarini bunyod qilish koʻzda tutilgan. Davlat grantlari soni oshirilishi, pirovardida, bilimlilarga imkoniyat yaratilishi belgilangan. Shuningdek, yaqinda Oliy Majlis tomonidan “Pedagoglar maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun jamiyatimizda 700 mingga yaqin boʻlgan pedagog xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi, ularning maqomini belgilovchi, kafolatlovchi hujjat boʻlib xizmat qiladi.

— Xalq saylagan vakil sifatida odamlar orasida koʻp boʻlasiz. Murojaatchilar bilan muloqotlar xulosasi oʻlaroq oliy taʼlim tizimi oldida hal etilishi zarur boʻlgan qanday masalalar bor, deb hisoblaysiz?

— Saylovchilar bilan muloqotda boʻlganimizda ijtimoiy himoya masalasiga davlat darajasida eʼtibor qaratilayotganidan koʻp minnatdorchilik bildirishadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qiz farzandlariga alohida kvota ajratilishi, talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari berilayotgani, magistraturada oʻqishni istagan qizlarimiz uchun qulayliklarni sanab oʻtishadi.

Faqat bitta masala bor. Bu ham boʻlsa maqsadli kvota bilan bogʻliq. Oliy taʼlim muassasalarida chekka hududlarda yetishmaydigan mutaxassislar uchun alohida kvota ajratiladi. Mana shu jarayonga talabchan yondashilishi va u shaffof boʻlishi kerak. Chunki joylarda boʻlganimizda ingliz tilini nemis tili oʻqituvchisi, fizika fanini matematika oʻqituvchi oʻqitayotganiga guvoh boʻlamiz. Birgina misol, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi chekka togʻli hududda Zarmast degan qishloq bor. Shu hududning vakili sifatida aholi bilan muloqotlar jarayonida ushbu manzil salohiyati bilan tanishganman. Shunda qishloqda shifokor umuman yoʻqligi maʼlum boʻldi. Maqsadli kvota, aslida, mana shu kabi hududlardagi ayni holatlarni bartaraf etishga xizmat qilishi kerak emasmi? Kvota qandaydir statistikaga binoan yoki tuman masʼullarining koʻrsatma, hisoboti asosida emas, aniq oʻrganishlar bilan shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Ishchi guruh tashkil qilinib, joyiga chiqib oʻrganilib, haqiqatda, qaysi mutaxassislarga ehtiyoj borligi aniqlanib, maqsadli kvota ajratilsa, hududlardagi bu kabi muammolar oʻz-oʻzidan yechim topadi.

— Oliy taʼlimda sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha qanday takliflarni bildirasiz?

— Oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik berilgani quvonarli, bu universitetlardan jamoasi bilan doim izlanishda boʻlishni talab qiladi. Oʻrganishlar asosida oʻzgaruvchan mehnat bozori tahlil qilinadi, talab yuqori boʻlgan sohalar aniqlanadi. Sogʻlom raqobat muhiti rivojlanishga zamin yaratadi. Faqat bu jarayonda taʼlim tashkiloti faoliyatiga hech bir idora aralashmasligi kerak. Taʼlim tashkilotlarining esa songa emas, sifatga eʼtibor berishi bugun juda dolzarb boʻlib turibdi.

Yana bir muhim masala — taʼlimning korrupsiyadan batamom xoli boʻlishidir. Talaba korrupsiya orqali oʻqishga kirishi, diplom olishi, baho olishini his qilib tursa, sidqidildan oʻqimaydi, oʻz ustida ishlamaydi. Hatto oʻz ustida ishlayotgan talabaga ham xalal bera boshlaydi. Bu taʼlimdagi sifatga toʻsiq boʻluvchi asosiy omildir.

Oliy taʼlim muassasasining turli byurokratik aralashuvlardan ozod tarzda faoliyat yuritishi, taʼlim beruvchilar yetarli malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi ham muhim faktorlardan hisoblanadi. Zero, oʻqituvchi qay darajada malakali boʻlsa, salohiyatli kadrlar tayyorlash jarayonidagi sifat shunchalik yuqori boʻladi.

— Samimiy suhbat va javoblaringiz uchun rahmat!

Sadoqat MAXSUMOVA suhbatlashdi.

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 3-soni

Post menyusi

Previous Post: 5. Abdulaziz Abduvaliyev. NUFUZLI XALQARO ILMIY BAZALARDAGI JURNALLARDA OLIMLARIMIZ ISHTIROKI HAMDA SOXTA NASHRLARDAN EHTIYOTLIK CHORALARI
Next Post: 3. Anvar Nazrullayev. SUNʼIY INTELLEKT QACHON OʻZBEK TILIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERADI?

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So‘nggi maqolalar

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Сўнгги мақолалар

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Arxivlar

  • Yanvar 2024
  • Dekabr 2023
  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Рукнлар

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga

Янги шархлар

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Iyun 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  
« Yan    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2025 O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ