Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • OʻzbekOʻzbek
  • РусскийРусский
  • EnglishEnglish
  • ЎзбекЎзбек
O'zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O'zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

5. Abdulaziz Abduvaliyev. NUFUZLI XALQARO ILMIY BAZALARDAGI JURNALLARDA OLIMLARIMIZ ISHTIROKI HAMDA SOXTA NASHRLARDAN EHTIYOTLIK CHORALARI

Posted on Oktabr 4, 2023Noyabr 6, 2023 By admin 5. Abdulaziz Abduvaliyev. NUFUZLI XALQARO ILMIY BAZALARDAGI JURNALLARDA OLIMLARIMIZ ISHTIROKI HAMDA SOXTA NASHRLARDAN EHTIYOTLIK CHORALARI ga fikr bildirilmagan.

Abdulaziz ABDUVALIYEV,

Ilmiy-texnik axborot markazi direktori,

katta ilmiy xodim, iqtisod fanlari nomzodi

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Barcha jabhalarda soha mutaxassislarini tayyorlashda ushbu texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalanilmoqda. Bunda, ayniqsa, ilmiy izlanishlarda sifatli va ishonchli axborot resurslaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Jahonda Web of Science, Scopus kabi bir nechta tan olingan yirik ilmiy va axborot maʼlumotlar bazalari mavjud boʻlib, ulardan nufuzli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari foydalanadi. Har bir axborot bazasi qator oʻziga xosliklarga ega. Xususan:

– kontent — har bir global ilmiy maʼlumot bazasida kamida 10 000 kitob, 1 000 000 ilmiy maqola va ilmiy axborot nashrlarining barcha turlari tegishli sohalar boʻyicha mavjud;

– analitik vositalar — Web of Science va Scopus ilmiy maqolalar, jurnallar, ilmiy sohalar va davlatlarni baholash uchun alohida tahlil vositalariga ega. Bu esa har bir sanab oʻtilgan indikatorlarni tahlil qilish, har bir davlat ilm-fani rivojlanishi yoʻnalishini aniqlash imkoniyati yaratilganligini koʻrsatadi.

Ilmiy maqolani indekslangan jurnalga topshirish uning ishonchliligi va ommabopligini oshiradi. 2018–2022-yillarda oʻzbekistonlik mualliflar 1200 tadan ortiq maqolani indekslangan hamda reytingga ega jurnallarda chop etishgan. Indekslanmagan jurnallar koʻpincha indekslangan jurnallarga qaraganda past sifatli hisoblanadi.

Muammo

Toʻliq ochiq va elektron (onlayn) jurnallar paydo boʻlishi yana bir muammoni yuzaga keltirdi. Bugun nashrlar va ularning noshirlari ishonchliligini aniqlash tobora qiyinlashib bormoqda.

Har qanday akademik indeksga qoʻshilish uchun jurnallar maʼlum bir asosiy nashr talablariga javob berishi kerak. Indekslashning asosiy talablarini qondirish uchun jurnallarda quyidagilar boʻlishi kerak:

– xalqaro standart seriya raqami (ISSN);

– raqamli obyekt identifikatori (DOI);

– muayyan nashr jadvali;

– mualliflik huquqi siyosati;

– maqola darajasida metamaʼlumot.

Har bir ilmiy jurnalning maqolani nashrga qabul qilish talablari mavjud. Ammo ularning aksariyati quyidagilarda birlashgan:

– maqola tuzilishi;

– maqolani koʻrib chiqish bosqichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: birinchi bosqichda tahririyat ilmiy ishning tuzilishini koʻrib chiqadi, keyingi bosqichda ilmiy ishning mazmuni, ahamiyati va qiymatiga eʼtibor qaratadi.

Maqolani koʻrib chiqish muddati jurnal reytingiga qarab 7 kundan 6 oygacha oʻzgarib turadi.

 

Ilmiy jurnal kvartillari

Web of Science, Scopus kabi axborot-tahliliy maʼlumotlar bazalarida har bir ilmiy jurnallar kvartillarga boʻlinadi: (Q1, Q2, Q3, Q4). Bu iqtibos darajasini aks ettiruvchi bibliometrik koʻrsatkichlar bilan belgilanadigan ilmiy jurnallar toifasi, yaʼni ilmiy jamoatchilik tomonidan jurnalga boʻlgan talabdir.

Reyting natijasida har bir jurnal toʻrtta kvartildan biriga tushadi: Q1 (eng yuqori)dan Q4 (eng past)gacha. Turli xil maʼlumotlar bazalari (masalan, Web of Science va Scopus)da bir jurnal turli kvartillarda boʻlishi mumkin.

Jurnalning kvartilini (Q) aniqlash uchun uning impakt faktori (Impact Factor yoki CiteScore) qoʻllaniladi, bu maʼlum vaqt oraligʻida ushbu jurnaldagi maqolalarga boshqa ilmiy nashrlarda necha marta havola qilinganligini aks ettiradi. Jurnallarni kvartil (Q) boʻyicha tasniflash taʼsir baliga asoslanadi. Xususan:

Q1 chorak eng koʻp iqtibos keltirgan sohadagi eng nufuzli jurnallarni oʻz ichiga oladi;

Q2 biroz pastroq taʼsir koʻrsatadigan, ammo yuqori sifatli jurnallarni qamrab oladi;

Q3 deyarli barcha ilmiy maqsadlarni amalga oshirish uchun mos boʻlgan yetarlicha baholangan va taʼsirli nashr;

Q4 chorakda taʼsir koʻrsatkichlari pastroq boʻlgan jurnallar kiradi, koʻpincha bunday jurnallar maʼlumotlar bazasiga yaqinda kiritilgan boʻladi.

Jurnalning kvartilini (Q) jurnalning rasmiy veb-saytida yoki Web of Science yoxud Scopus kabi maʼlumotlar bazalarida uning taʼsir darajasi va iqtiboslar soniga qarab bilib olish mumkin. Shuningdek, baʼzi tadqiqotchilar va olimlar oʻzlarining jurnal reytinglarini tuzadi, bu jurnalning kvartilini aniqlashga yordam beradi. Ammo eng dolzarb maʼlumotlar hali ham ilmiymetrik maʼlumotlar bazalarida joylashgan.

Maʼlumot uchun: 2018–2022-yillarda respublikamiz olimlari Web of Science statistikasiga koʻra, 6300 (2018 — 687; 2019 — 941; 2020 — 1281; 2022 — 2033)ta ilmiy maqolalarni indekslangan jurnallarda chop ettirishgan. Soʻnggi besh yilda oʻzbekistonlik mualliflarning Web of Science jurnallarida chop ettirgan ilmiy maqolalari sonida muntazam oʻsish dinamikasi kuzatilmoqda. Masalan, 2022-yilda bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 50% oshgan. Ilmiy texnik-axborot markazi har yili OTM hamda ITMlarga sifatli va ishonchli indekslangan jurnallarda ilmiy maqolalarni chop ettirish mavzusida 30 dan ortiq seminar-treninglar oʻtkazadi. Bunda tashkilotlardagi 183 nafar Web of Science administratorlariga sertifikatlar berilgan hamda ularga platformalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

 

Soxta jurnallar qurboni boʻlmang!

Bugun koʻplab ochiq kirish rejimida nashr etilgan soxta davriy nashrlar, oʻzini ilmiy jurnallar deb daʼvo qilmoqda. Aslida bunday nashrlar adolatsiz modelda faoliyat yuritib, qoʻlyozmalar mualliflariga toʻliq tahririyat yoki nashriyot xizmatlarini koʻrsatmasdan (shu jumladan, toʻliq) jalb qilishni oʻz ichiga oladi.

Hozirgi kunda soxta jurnallarni qandaydir dasturlar bilan aniqlab boʻlmaydi. Hatto rivojlangan davlatlarda ham soxta jurnallarni farqlab olish boʻyicha aniq tizim ishlab chiqilmagan. Shu sababli ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchilarga ularni aniqlash boʻyicha qator tavsiyalar berib kelinadi. Jumladan, quyida sanab oʻtiladigan usullar bilan “xishnik” jurnallarni aniqlash mumkin:

Nashriyotni oʻrganish

Eng muhim jihatlaridan biri — bu nashriyotning obroʻsi va tarixiga qarab aniqlashdir. Haqiqiy ilmiy jurnallar odatda taniqli nashriyot kompaniyalari yoki tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat yuritadi. Nashriyotning veb-saytini, aloqa maʼlumotlari va ular chop etgan boshqa nashrlarni oʻrganish orqali bilib olish mumkin.

Veb-sayt va aloqa maʼlumotlarini tekshirish

Haqiqiy ilmiy jurnallar odatda aniq aloqa maʼlumotlariga ega boʻlgan professional koʻrinishdagi veb-saytlarga ega. Veb-saytning domen nomini tekshirish va nomuvofiqliklar yoki noodatiy URL manzillarini qidirish orqali aniqlash mumkin. Aloqa maʼlumotlarida haqiqiy elektron pochta manzillari, telefon raqamlari va joylashuv manzillari boʻlishi kerak.

Kontent sifatini koʻrib chiqish

Maqolalar, tasvirlar va dizaynni oʻz ichiga olgan kontent sifatini tekshirish. Sof ilmiy jurnallar tahririyat sifatining maʼlum darajasini saqlab turadi, soxta jurnallarda esa yomon yozilgan maqolalar, grammatik xatolar va past sifatli tasvirlar boʻlishi kuzatilgan.

Noshir va muharrirlarni tekshiring

Haqiqiy jurnallarda koʻpincha taniqli va ishonchli mualliflar, yozuvchilar va muharrirlar mavjud. Ishtirokchilar va muharrirlarning ismlarini oʻrganib, ular oʻz sohalarida haqiqiy va obroʻli shaxslar ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.

Nashrlarning chiqish vaqtlarini tekshiring

Nashrning doimiy nashr jadvali va muammolar tarixi borligini tekshirish. Soxta jurnallar tez-tez nashr etilishini vaʼda qilishi mumkin, ammo ularni vaqtida yetkazib bera olmaydi.

Obuna va toʻlov usullari

Agar jurnal noodatiy yoki shubhali toʻlov usullarini, masalan, plastik kartaga pul oʻtkazish yoki shaxsiy moliyaviy maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilsa, ehtiyot boʻling. Sof jurnallar standart toʻlov imkoniyatlari va xavfsiz toʻlov usullarini taklif qiladi.

Sharh va mulohazalarni oʻqing

Oʻquvchilar, obunachilar va soha mutaxassislarining sharhlari va fikr-mulohazalarini qidiring. Haqiqiy jurnallar nufuzli koʻrib chiqish platformalarida yoki muhokama forumlarida ishtirok etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar va onlayn maydonda mavjudlik

Jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va onlayn mavjudligini tekshiring. Ijtimoiy tarmoqlarda faol va qonuniy ishtirok etmaslik soxta jurnalning belgisi boʻlishi mumkin.

Mutaxassislar bilan maslahatlashing

Agar jurnalning haqiqiyligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, soha mutaxassislari, kutubxonachilar, jurnalistlar yoki shu sohadagi boshqa mutaxassislardan maslahat soʻrashingiz eng maqbul yoʻldir.

Bir narsani unutmaslik kerakki, yaxshi jurnallarda maqolalar chiqarish bir necha qadamlari va yuqori talablari bilan ajralib turadi.

Shuningdek, soxta jurnallarga aldanmaslik uchun siz quyidagilarga amal qilishingiz kerak:

1 Nufuzli jurnallarda ilmiy maqolani koʻrib chiqish bir necha oygacha davom etishi mumkin, soxta jurnallar esa maqola tahririyatga topshirilgandan bir necha kun oʻtgach nashr etishga rozi boʻladi.

2 Aksariyat nufuzli ilmiy jurnallar maqolani chop etish uchun pul undirmaydi. Tahririyat maqolani koʻrib chiqqandan soʻng toʻlovni talab qiladigan ochiq kirish jurnallari mavjud. Soxta jurnallar ilmiy maqolani faqat toʻlovdan keyin nashr etishga rozi boʻlishadi.

3 Ilmiy jurnallar haqidagi maʼlumotlarni (masalan, jurnal reytingi, nashr chastotasi, ISSN va boshqalar) Web of Science kabi xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida tekshiring. Soxta jurnallar bu bazalarga kirmaydi.

 

Ilmmetriya

Yuqorida keltirib oʻtgani mizdek, soxta jurnallarni aniqlash, ularning faoliyatini cheklash boʻyicha biror tizim yoʻlga qoʻyilmagan. Ammo masʼul tashkilotlar doim ularga qarshi kurashish mexanizmlari ustida ishlaydi. Xususan, Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazimizda ham mazkur muammoni bartaraf qilish maqsadida “Ilmmetriya sektori” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekistonda ilmmetriya yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida 2022-yilda jahonda nufuzli xalqaro nashriyot kompaniyalar, jumladan, “Springer Nature” (Germaniya), “Clarivate” (Buyuk Britaniya), “MA Group AG” (Shveysariya) va boshqalar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Mazkur kelishuvlar asosida xorijiy maʼlumotlar bazalari tomonidan maqolalarni yozish va indekslangan jurnallarda chop etish, soxta jurnallarni farqlash boʻyicha bepul vebinarlar muntazam oʻtkazilmoqda. Shuningdek, Ilmmetriya asoslarini olim-tadqiqotchi va professor-oʻqituvchilar orasida keng targʻib qilish maqsadida OTM hamda ITMlarda “Ilmmetriya va xalqaro maʼlumotlar bazalari” mavzusida oʻquv seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Ilmmetriya boʻlimini rivojlantirish maqsadida Rossiyadagi Ural Federal universitetining “Ilmmetriya” laboratoriyasi bilan hamkorlik oʻrnatildi. Memorandum doirasida ilmmetrik oʻlchovlarni aniqlash vositalari yoʻlga qoʻyildi. Ilmmetrik oʻlchovlarni aniqlash vositalari orqali mamlakatdagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining noshirlik faoliyati boʻyicha reyting shakllantirildi.

Shuningdek, mahalliy olim-tadqiqotchilarning noshirlik faoliyatini oʻrganish hamda mamlakatimizda ilmmetriya asoslarini joriy etish maqsadida Jahon Banki “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasining 3-komponenti doirasida M.Akoyev mustaqil ekspert sifatida jalb etilib, “Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun Scientometric Framyework amaliyoti” mavzusida tadqiqot amalga oshirilmoqda. Respublikadagi barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tashriflar amalga oshirilib, 2000 nafar olim bilan intervyu-suhbat va soʻrovlar oʻtkazildi hamda ularning xorijiy nufuzli jurnallarda noshirlik faoliyati tahlil qilindi.

Hozirda nashriyot bozorida 150-yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan Springer Nature kabi yuqori sifatli ilmiy jurnallarni ishlab chiqaruvchilar (noshirlar) bilan ishlamoqdamiz. Maqsadimiz — sifatli ilmiy jurnal va ilmiy adabiyot bilan foydalanish uslublarini oʻrganish hamda ularni ommalashtirishdan iborat.

Ilmmetriyaning rivojlanishi ilmiy tadqiqotlar va Oʻzbekiston ilmiy jamoatchiligining jahon miqyosidagi nufuzini oshiradi. Maqsadimiz mamlakatimizda ilmiy sohani rivojlantirish va bu qatlamni yanada koʻpaytirishdan iborat. Ilmmetrik faoliyat natijasi oʻlaroq xorijlik hamkorlarning eʼtibori va qiziqishini jalb etish, ilmiy hamkorlik va bilim almashinuvini ragʻbatlantirish mumkin. Bu harakatlar pirovardda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarni butun dunyo ommasiga taqdim etish va ularning bizga nisbatan qiziqishi ortishiga olib keladi. Ilmiy faoliyatni ragʻbatlantirish, shu bilan birga, ilmiy-texnikaviy usullarni joriy etish fan yutuqlari va olimlar faoliyatini xolisona baholashga yordam beradi. Bu tadqiqotchilar olimlarimizni faolroq boʻlishga undashi tabiiy, chunki ularning ish natijalari aniq oʻlchanadi va tan olinadi.

Soxta jurnallar bilan kurashish ilmiy tadqiqotlar sifatini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu sohada dunyoda biror dastur ishlab chiqilmagan boʻlsa-da, Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan har yili anʼanaviy tarzda targʻibot ishlari amalga oshirilib, soxta jurnallarga olimlarning aldanib qolish ehtimoli imkon qadar kamaytirilmoqda va bu ishlarning davomli tarzda amalga oshirilishi oʻzining ijobiy samarasini bermay qoʻymaydi.

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 3-soni

Post menyusi

Previous Post: 6. Abror Gʻofurov. GERMANIYA OLIY TAʼLIMI: OLIM FAQAT ILM BILAN MASHGʻUL BOʻLISHI KERAK
Next Post: 4. Shahnoza Xolmaxamatova. TAʼLIM SIFATLI BOʻLSA, JAMIYAT RIVOJLANADI

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So’nggi maqolalar

  • 1. Bahodirjon Shermuhammadov. ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR BILAN KELAJAK SARI
  • 2. Bahodir Ayupov. KELAJAK TAʼLIMI — IT TAʼLIM.
  • 3. Anvar Nazrullayev. SUNʼIY INTELLEKT QACHON OʻZBEK TILIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERADI?
  • 4. Shahnoza Xolmaxamatova. TAʼLIM SIFATLI BOʻLSA, JAMIYAT RIVOJLANADI
  • 5. Abdulaziz Abduvaliyev. NUFUZLI XALQARO ILMIY BAZALARDAGI JURNALLARDA OLIMLARIMIZ ISHTIROKI HAMDA SOXTA NASHRLARDAN EHTIYOTLIK CHORALARI
  • 6. Abror Gʻofurov. GERMANIYA OLIY TAʼLIMI: OLIM FAQAT ILM BILAN MASHGʻUL BOʻLISHI KERAK
  • 7. Dilsora Fozilova. KANADA OLIY TAʼLIMI: IJTIMOIY TENGLIK USTUN BOʻLGAN TIZIM
  • 8. Sanjar Mamatqulov. TAʼLIM SIFATINI MONITORING QILISH BOʻYICHA XORIJIY TAJRIBA
  • 9. Botir Usmonov. DUAL TAʼLIM: NAZARIYA VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI
  • 10. Гузаль Маматова. РОЛЬ УНИВЕРСИТЕТА В ПРОМЫШЛЕН- НОСТИ 5.0 И ОБЩЕСТВЕ 5.0. ЦИФРОВОЙ УНИВЕРСИТЕТ-5.0 В УЗБЕКИСТАНЕ — МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ.

Arxivlar

  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Tabrik

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Dekabr 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
« Okt    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2023 O'zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ