Skip to content
  • Sayt test rejimida
  • ISSN-2181-3051
  • (71) 207-03-43
  • info@edujournal.uz
  • Oʻzbek
  • Русский
  • English
O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali

rasmiy sayt

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish
  • Toggle search form

6. Abror Gʻofurov. GERMANIYA OLIY TAʼLIMI: OLIM FAQAT ILM BILAN MASHGʻUL BOʻLISHI KERAK

Posted on Oktabr 4, 2023Noyabr 6, 2023 By admin 6. Abror Gʻofurov. GERMANIYA OLIY TAʼLIMI: OLIM FAQAT ILM BILAN MASHGʻUL BOʻLISHI KERAK ga fikr bildirilmagan.

Abror GʻOFUROV,

Germaniya Yer tadqiqotlari markazidagi

Oʻrta Osiyoda Suv loyihasi rahbari,

Berlindagi Humboldt universiteti dotsenti, PhD

 

Abror Gʻofurov — bakalavr darajasini Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari Milliy tadqiqot universitetida olgan. U 2002-yil “Umid” jamgʻarmasi stipendiati boʻlib, Germaniyaning Shtutgart shahrida Suv xoʻjaligini boshqarish va muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha magistratura, keyinchalik doktorantura bosqichida oʻqigan. 2010-yilda Germaniyaning (GFZ) “Yer tadqiqotlari markazi” Potsdam shahrida joylashgan Helmotz assotsiatsiyasiga tegishli markazning “Oʻrta Osiyoda suv” loyihasida faoliyatini boshlagan. Hozirda mazkur loyihaga rahbarlik qilmoqda. Shu bilan birga, Germaniyaning Humboldt universitetida talabalarga dars bermoqda.

Germaniyada oliy taʼlim bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlaridan iborat. Bakalavr bosqichi 3 yil, magistratura esa 2 yil davom etadi, ammo uni 1 yilda tugatish imkoniyati ham mavjud. Keyingi bosqich esa 3 yil davom etadigan doktorantura (PhD) hisoblanadi.

Talaba va professor-oʻqituvchi maqomidan qatʼi nazar, bir-biri bilan doʻstona munosabatda boʻlishadi. Bu mamlakat taʼlimida uchraydigan eng qiziq holat shuki, biror talaba darslarga majburlikdan emas, ixtiyoriy ravishda qatnashadi, fanlarni oʻzlashtiradi. Yoshlarning oʻz ustida tinimsiz ishlashi, proffessor-oʻqituvchini ham doim izlanishda boʻlishga undaydi. Darsga bilim olaman deb kelgan talabalar bilan ishlash oʻqituvchiga ham ragʻbat beradi. Natijada sifatli taʼlim uchun muhim boʻlgan omillardan biri — foydali, kerakli mashgʻulotlar tashkil qilinadi.

 

Oliy taʼlimdan keyingi bosqich

 

Oliy taʼlimdan keyingi bosqich — doktoranturada taʼlim olish, albatta, har kimning xohishiga qarab amalga oshiriladi. Bu bosqichga qabulda nomzodning magistratura bosqichidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, faolligi va faoliyati inobatga olinadi. Sababi, magistraturada amalga oshiriladigan ilmiy ishlar professor va dotsentlar bilan hamkorlikda qilinadi, yaʼni ilmiy tadqiqotga dastlabki qadam qoʻyiladi. Tadqiqot mavzusi tanlanadi, uning ahamiyati tahlil qilinadi. Bu magistrantda tadqiqot olib borish koʻnikmasi shakllanishiga yordam beradi.

Ilmiy izlanishni maqsad qilgan tadqiqotchilar universitet elektron platformasida roʻyxatdan oʻtadi va ularga professor (supervisor) ilmiy rahbar biriktiriladi. Eʼtiborlisi, har bir izlanuvchiga universitet yoki ilmiy tekshirish markazlaridan yana bitta, baʼzan esa ikkita ilmiy rahbar olish imkoniyati beriladi.

Doktorantura bosqichi 3-3,5 yil davom etadi. Undan keyin PostDoc, yaʼni doktoranturadan keyingi darajaga harakat boshlanadi. Bu yerda Oʻzbekistondan farqli oʻlaroq fan nomzodi, fan doktori degan tushunchalar yoʻq. PhD himoya qilgan olim tajriba toʻplab, oʻz ustida ishlashi va professor boʻlishi mumkin.

Germaniyada olimning faoliyatini baholaydigan muhim mezon bu — u xalqaro bazalarda indekslangan jurnallarda chiqargan maqolalaridir. Bitta maqola ustida ishlash, nashr qilish kamida 6 oy yoki 1-2 yil vaqtni oladi. Maqola tayyor boʻlgach taqrizchilarga yuboriladi, ular bergan izoh asosida qayta koʻrib chiqish, tuzatish va yana qaytarib yuborish kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Bir qaraganda, bu bosqichlar juda qiyin, vaqt bekorga sarflanayotgandek tasavvur uygʻotishi mumkin. Biroq mayda koʻringan ilmdagi harakatlar aslida tadqiqotchida tizimli ishlash, tadqiqot detallariga eʼtibor qaratish, aniq yoʻlni belgilab olish kabi muhim koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Germaniya universitetlarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarga qoʻshimcha vazifalar yuklatilmaydi. U faqat tadqiqot bilan, oʻrganish bilan mashgʻul boʻladi.

 

Universitetlarga qabul

 

Germaniya universitetlariga qabul maktabda olingan baholarga qarab belgilanadi. Bu yerda kirish imtihoni faqat maxsus fanlar doirasidagina boʻlib oʻtadi. Abituriyent oʻzi istagan uch yoki undan ortiq oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshiradi. Qabul esa baholari va universitet ajratgan kvotaga qarab amalga oshiriladi. Taʼlim tizimini ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi nazorat qiladi. Biroq universitetning xalqaro reytinglardagi oʻrniga qarab akademik mustaqillik ham berilgan. Bunday taʼlim muassasalari oʻz faoliyatlarini mustaqil olib boradi.

 

Biz va Germaniya

 

Oʻzbekiston va Germaniya oliy taʼlimidagi farqli jihatlardan biri bu bizda doktorlik darajasining 2 ta bosqichda (PhD va DSc) berilishidir. Fikrimcha, Oʻzbekistonda ham bir bosqichli tizimga oʻtish kerak. Faqat doktorlik himoyasi uchun qoʻyiladigan mezonni jahon standartlariga moslash talab qilinadi. Dunyoda ham shu tizim amalda. Xususan, Xitoy, Avstraliya, Yevropa yoki Amerikaga borsangiz ham, PhD darajaga qaraladi.

Oʻzbekiston oliy taʼlimida hal etilishi lozim boʻlgan bir nechta asosiy muammolarni keltiraman:

Birinchidan, bizda yangi oʻquv qoʻllanmalari yetishmaydi, oʻquv uslublari eskirgan. Baʼzi universitetlarda hali-hanuz sovet davrida tuzilgan dasturlardan foydalaniladi. Lekin dunyo oʻzgarib boryapti, shunga mos ravishda biz ham taʼlim tizimini takomillashtirib borishimiz shart. Buning uchun, avvalo, taʼlim muassasalari va oʻquv uslublarini yangilash, dasturlarni zamon talablariga mos ishlab chiqish va uning amaldagi harakatini toʻliq taʼminlashga qaratish kerak.

Ikkinchidan, oliy taʼlim muassasalarida adolatli mehnat taqsimoti masalasini koʻrib chiqish kerak. Bir insonga juda koʻp ish yuklash, uning ish samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Sogʻligʻi, ijtimoiy kayfiyati yomonlashadi. Aytaylik, kimgadir bir paytning oʻzida 10-15 ta vazifa yuklatilsa, u qay birini sifatli bajara oladi? Bundan kelib chiqadiki, bir insonga bitta ish berildimi, unga muammoni chuqur oʻrganish, yechim topish va realizatsiya qilish uchun yetarli vaqt ham berilishi kerak. Shundagina tizimda sifatga erishiladi.

 

Takliflar

 

Mamlakatimiz oliy taʼlim sohasini rivojlantirish uchun ilmga chanqoqlikni yanada oshirish zarur. Hozirda Oʻzbekistonda yuritilayotgan siyosat aslida juda ham toʻgʻri, deb bilaman. Yaʼni korrupsiyaning oldini olish maqsadida oʻqituvchilarning oylik-maoshlarini oshirish amaliyoti sekinlik bilan boʻlsa-da, oldinga qarab harakatlanyapti. Oʻqituvchilar qachonki oʻzi, oilasi uchun yetarli maosh olsa, boshqa narsalarga chalgʻimaydi, yaʼni korrupsiyaga aralashmay, faqat ilm qiladi, rivojlanadi.

Bundan tashqari, jamiyatdagi ilm-fanga qiziqqan insonlarga, ular mamlakatning xoh shahar, xoh qishloq hududida istiqomat qilishidan qatʼi nazar, amaliy yordam berish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish zarur. Buning uchun ilmiy markazlar, kutubxonalarni koʻpaytirish kerak. Shuningdek, yosh avlodda “kutubxona meniki va xohlagancha kirib ishlashim mumkin” degan tushuncha shakllanishi lozim. Shundagina biz intellekti yuqori kadrlarni maydonga keltira olamiz.

 

Ulashing
          
Jurnal 2023-yil 3-soni

Post menyusi

Previous Post: 7. Dilsora Fozilova. KANADA OLIY TAʼLIMI: IJTIMOIY TENGLIK USTUN BOʻLGAN TIZIM
Next Post: 5. Abdulaziz Abduvaliyev. NUFUZLI XALQARO ILMIY BAZALARDAGI JURNALLARDA OLIMLARIMIZ ISHTIROKI HAMDA SOXTA NASHRLARDAN EHTIYOTLIK CHORALARI

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

So‘nggi maqolalar

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Сўнгги мақолалар

  • «O’zbekistonda oliy ta’lim» jurnalida reklama berish talablari va tariflari
  • ENG KATTA IXTIROLAR FANLAR CHORRAHASIDA PAYDO BOʻLADI
  • RAQAMLI DUNYODA OLIY TAʼLIM: UNDA NIMALAR OʻZGARDI?
  • ILMIY MAKTABLAR — QADRIYATLAR UZVIYLIGINI IFODALOVCHI MODEL SIFATIDA
  • AVSTRALIYA OLIY TAʼLIMI: JAMIYAT TARAQQIYOTINING NEGIZI
  • TAʼLIM MUAMMOLARI YECHIMI — TARAQQIYOT GAROVI
  • JURNALISTIK TAʼLIM NIMAGA TAYANISHI KERAK?
  • PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING YUKLAMASI TAQSIMOTIGA OID XORIJ TAJRIBASI
  • TURKIYA RESPUBLIKASIDA OLIY TAʼLIM TIZIMI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • YANGI AVLOD OʻQUV ADABIYOTLARI QANDAY BOʻLISHI KERAK?

Arxivlar

  • Yanvar 2024
  • Dekabr 2023
  • Oktabr 2023
  • Sentabr 2023
  • Yanvar 2023
  • Noyabr 2022
  • Sentabr 2022
  • Avgust 2022
  • May 2022

Ruknlar

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Рукнлар

  • E'lonlar
  • FIKR
  • ILM-FAN
  • Jurnal 2023-yil 3-soni
  • Jurnal 2023-yil 4-soni
  • MUNOSABAT
  • OLIY TAʼLIM ISTIQBOLLARI
  • Tabrik
  • TADQIQOT
  • TAHRIRIYAT MINBARI
  • XORIJDA OLIY TAʼLIM

Yangi sharxlar

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga

Янги шархлар

  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "admin"ga
  • “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi! "Usmonov Aslam"ga
Iyun 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  
« Yan    

O’zbekistonda Oliy ta’lim jurnali haqida

«O‘zbеkistonda oliy ta’lim»
ilmiy-ommabop jurnalida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga oid umumiy masalalar va muammolarga bag‘ishlangan hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilmiy tahlil, takliflardan iborat maqolalar e’lon qilinadi.

Batafsil >

Navigatsiya

  • Bosh sahifa
  • Jurnal
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
  • Maqolalar
  • Nashrlar
    • 2022-yildagi nashrlar
      • 2022-yil 1-soni
      • 2022-yil 2-soni
      • 2022-yil 3-soni
      • 2022-yil 4-soni
    • 2023-yildagi nashrlar
      • 2023-yil 1-soni
      • 2023-yil 2-soni
      • 2023-yil 3-soni
      • 2023-yil 4-soni
    • 2024-yildagi nashrlar
      • 2024-yil 1-soni
      • 2024-yil 2-soni
      • 2024-yil 3-soni
  • Konferensiya
  • Talabnoma
  • Bog’lanish

BOG’LANISH

Manzilimiz:
Toshkent shahri, Shifonur ko’chasi, 75 uy
Elektron pochta:
rmxat@edu.uz
info@rmedu.uz
Telefon:
(+998 71) 207-03-43
Telegram Botga
murojaat
Metro: Beruniy

Xaritadan ko’rish

Copyright © 2025 O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali.

Powered by отдел ИКТ