O‘zbekistonda oliy ta'lim jurnali
rasmiy sayt
«Ўзбекистонда олий таълим»
«Высшее образование в Узбекистане»
«Higher education in Uzbekistan»
Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnalining ikkinchi soni umumiy 100 sahifadan iborat boʻlib, unga tahririyat qabul qilib olgan xalqaro tajriba, oʻquv-uslubiy, ilmiy faoliyat, maʼnaviy-maʼrifiy mazmunga oid maqolalar ichidan yigirmaga yaqini saralab olindi.
Shuningdek, jurnalning nishona sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori sharhi, Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda ilm-fan arboblarining tahririyat faoliyatiga bagʻishlangan tabrik soʻzlari, oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga oid materiallar ham taqdim etilgan.
Har bir maqola mazmunidan kelib chiqqan holda infografika, fotosuratlar bilan boyitilgan.